Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirg‘izistonda Turkiy davlatlar tashkilotining 11-sammiti bo‘lib o‘tadi

Qirg‘izistonda Turkiy davlatlar tashkilotining 11-sammiti bo‘lib o‘tadi

Joriy yil 6-noyabr kuni Bishkekda «Turk dunyosini mustahkamlash: iqtisodiy integratsiya, barqaror rivojlanish, raqamli kelajak va barcha uchun xavfsizlik» mavzuida Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdagi 11-sammiti bo‘lib o‘tadi.

Bu haqda Qirg‘iziston prezident ma’muriyati tashqi siyosat bo‘limi mudiri Muratbek Azimboqiyev ma’lum qildi.

Sammitda tashkilotga a’zo 5 ta davlat – Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya va O‘zbekiston rahbarlari hamda kuzatuvchi davlatlar rahbarlari ishtirok etadilar.

Sammitda turkiy davlatlar yetakchilari xavfsizlik va iqtisodiyot masalalarini muhokama qiladi.

Xususan, davlat rahbarlari TDT doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qiladilar, tashkilotning joriy kun tartibidagi dolzarb masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladilar, shuningdek, bir qator ko‘p tomonlama hujjatlarni, jumladan, yakuniy deklaratsiyani imzolaydilar.

2025 yilda Turkiy davlatlar tashkilotiga raislik Qirg‘iziston Respublikasiga o‘tadi.

Qirg‘iziston Respublikasining TDTga bo‘lajak raisligi davrida ishtirokchi davlatlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, iqtisodiy o‘sish uchun yangi imkoniyatlar yaratish va mintaqada turmush darajasini oshirishga qaratilgan qator tadbirlar rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring