O‘lim jazosini 55 yildan ortiq kutgan odam oqlandi
O‘z xo‘jayini, uning xotini va ikki bolasining qotili sifatida ayblanib, 1968-yilda o‘limga hukm qilingan Ivao Hakamada sud tomonidan oqlandi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Ivao Hakamada hozir 88 yoshda, qotillik yuz bergan 1964-yilda 28 yoshda bo‘lgan.
2014-yilda Sidzuoka shahar sudi qotilning DNKsi Hakamadaning DNKsi bilan mos kelmasligini tasdiqlagan va mahkum ozodlikka chiqarilgandi. Biroq keyinroq Tokio sudi bu qarorni bekor qildi. 2023-yilda ish Yaponiya Oliy sudiga oshirildi.
Tergovchilar sudlanuvchiga kuch ishlatgan bo‘lishi mumkinligini hisobga olgan sud ishni qaytadan ko‘rib chiqdi. 1964-yilda hibsga olingan Hakamada qotillikni bo‘yniga olgan, biroq keyinchalik o‘ziga nisbatan kuch ishlatilgani sababli iqror bo‘lganini ma’lum qilgan.
2011-yilda Hakamada o‘lim jazosini eng ko‘p kutgan inson sifatida e’tirof etilgan.
24-sentyabr kuni AQShning Missuri shtatida 26 yil avval ro‘y bergan qotillikda ayblangan 55 yoshli Marsellas Uilyams qatl etilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter