Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Och qolgan 132 nafar mahkum qamoqxonadan qochdi — Chad

Och qolgan 132 nafar mahkum qamoqxonadan qochdi — Chad

Illyustrativ foto: AP

Chad markazida joylashgan Mongo shahri qamoqxonasida «qonli isyon» yuz berib, 132 nafar mahkum qochib ketdi, deb xabar berdi Le Matin nashri.

Aytilishicha, kecha kechki payt qamoqxonada otishma yuz berib, kamida uch kishi halok bo‘lgan, uch kishi jarohat olgan.

«Soat 21:18 da mahkumlar bosh ko‘tardi. Ular qurollarni qo‘lga kiritish uchun qamoqxona boshlig‘ining xonasiga bostirib kirishgan. Qo‘riqchilar bilan otishma yuz bergan. Shu paytda voqea joyiga gubernator yetib kelgan. U ham jarohatlangan», — dedi shahar ma’muriyatidagi nomi oshkor etilmagan manba.

Uning qo‘shimcha qilishicha, isyonga qadar mahkumlar ovaqt yetishmasligidan shikoyat qilishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring