Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Moskvada rus generaliga suiqasd uyushtirildi

Moskvada rus generaliga suiqasd uyushtirildi

54 yoshli general-leytenant Igor Kirillovning uyi yonida qo‘lbola portlovchi qurilma ishga tushirildi. Oqibatda harbiy qo‘mondon va uning haydovchisi halok bo‘ldi.

Portlash Moskvadagi Ryazanskiy prospektidagi ko‘p qavatli uy yaqinida sodir bo‘ldi. Portlovchi moslama ertalab soat oltilarda ishga tushgan. Natijada Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlari general-leytenanti, Radiatsiya, kimyoviy va biologik mudofaa qo‘shinlari boshlig‘i Igor Kirillov va uning haydovchisi halok bo‘ldi.

Qo‘lbola portlovchi qurilma uy yo‘lagidan chiqish joyda elektr skuterga o‘rnatilgan bo‘lgan. Portlovchi qurilmaning kuchi, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, taxminan 200 gramm trotilni tashkil etgan.

Tergovchilarning fikricha, bomba masofadan turib portlatilgan.

Uyning atrofi o‘rab olingan, sapyorlar tomonidan hudud ko‘zdan kechirilgan, skuter ekspertiza uchun olib ketilgan. Hovlida turgan bir qancha mashinaga hamda ko‘pqavatli uyning derazalariga zarar yetgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring