Meksikada shaharning yangi hokimi o‘ldirib ketildi
Alexandro Arkos yaqinda Gerrero shtatining poytaxti — Chilpansingo shahrining yangi meri sifatida qasamyod qilib, vazifasini bajarishga kirishgan edi. Oradan bir necha kun o‘tib, uni o‘ldirib ketishdi, deb xabar berdi Sky News.
Institutsional-inqilobiy partiya yetakchisi hamda senator Alexandro Moreno, Gerrero shtatidagi vaziyatdan kelib chiqib, Meksika federal bosh prokuraturasidan shu jinoyat bo‘yicha ishga bosh-qosh bo‘lishni so‘radi.
Gerrero shtati narkotrafik va jinoiy guruhlardan aziyat chekib kelmoqda. Shu bilan birga, siyosatga kirib kelayotgan davlat xizmatchilari uchun eng xavfli shtat bo‘lib qolmoqda. Iyun oyida saylovlar arafasida shtatdagi davlat lavozimlariga nomzodlardan kamida olti nafari o‘ldirib ketilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter