Jazirama issiqda siyosatchilar oddiyroq gapirishni boshlaydi
Jazirama issiqda siyosatchilar oddiyroq gapirishni boshlaydi. 1950-yildan buyon to‘plangan ma’lumotlar asosida bir necha mamlakatlardagi siyosatchilarning 7,4 millionta chiqishi matnlarini tahlil qilgan nemis olimlari shunday xulosaga kelishdi.
Shuning barobarida, o‘rganishlar havo sovuq kunlari buning aksi kuzatilmasligini ko‘rsatdi, ya’ni siyosatchilarning ma’ruzalari murakkablashmagan.
«Iqlim o‘zgarishlari reallikkka aylanib borayotgani nuqtai nazaridan, ekstremal haroratlarning til murakkabligiga, aniqrog‘i — siyosiy diskursga (nutqqa) ta’siri muayyan xavotirlarni uyg‘otadi. Siyosiy diskursning oddiylashuvi foydali ham, zararli ham bo‘lishi mumkin, bu kontekstga bog‘liq», — deyishmoqda tadqiqot mualliflari.
Olimlarning fikricha, jazirama issiqda nutqning oddiylashuvi kognitiv qobiliyatning pasayishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, bu ayniqsa, keksa siyosatchilarga taalluqli.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter