Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroil G‘azo sektoridagi shifoxonalarni tanlovsiz bombalagan — Garvard universiteti

Isroil G‘azo sektoridagi shifoxonalarni tanlovsiz bombalagan — Garvard universiteti

Foto: Fatima Shbair/AP

Isroil G‘azo sektoridagi shifoxonalar va boshqa fuqarolik ob’yektlariga tanlovsiz bomba yog‘dirgani Garvard universiteti olimlari tomonidan isbotlandi. Tadqiqot PLOS Global Public Health jurnalida e’lon qilindi.

G‘azo sektoridagi shifoxonalar xaritasi Isroil armiyasi aviazarbalari haqida e’lon qilingan ma’lumotlar bilan solishtirib chiqildi. Buning uchun sun’iy yo‘ldosh yordamida olingan suratlardan foydalanildi.

M-84 bombalari izlarini tahlil qilgan olimlar ular 2023-yilning 7-oktyabridan 17-noyabriga qadar shifoxonalar yaqinida paydo bo‘lganiga e’tibor qaratishdi.

«Bomba chuqurlari shifoxonalar hududi yaqinida topilgan, bu esa xalqaro gumanitar huquq himoyasi ostidagi shifoxona infratuzilmalari tanlovsiz bombalanganini ko‘rsatmoqda», — deyiladi tadqiqotda.

Falastin sog‘liqni saqlash vazirligi bayonotiga ko‘ra, Isroil armiyasi muntazam bomba yog‘dirishi oqibatida 2023-yilning 14-oktyabridayoq G‘azo sektoridagi barcha shifoxonalar to‘liq yoki qisman vayron bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring