«Bir tomonga chipta»: Orban migrantlar muammosiga «yechim» topdi
Bosh vazir Viktor Orbanning ofisi, Yevrokomissiya bilan muzokaralar ish bermagan taqdirda, noqonuniy migrantlarga «bir tomonga chipta» taqdim etishga tayyorligini ma’lum qildi. Ya’ni ularni to‘ppa-to‘g‘ri Bryusselga jo‘natib yubormoqchi.
«Tezroq kelishuvga erishishimiz kerak, chunki har kuni buncha katta pulni to‘lashni istamaymiz. Vaholanki Bryussel migrantlarni qabul qilishni istarkan, biz yordam berishimiz mumkin», — muzokaralar cho‘zilib ketganiga shunday istehzoli munosabat bildirdi Vengriya bosh vazirining devoni.
Bryussel Budapeshtni migrantlarni qabul qilish bo‘yicha umumevropa qoidalarini buzganlikda ayblamoqda. 13-iyun kuni Yevropa Ittifoqining Lyuksemburgdagi sudi Vengriyani 200 mln yevro jarimaga tortib, toki qoidabuzarlik bartaraf etilguniga qadar har kuni 1 mln yevrodan to‘lab borish majburiyatini yukladi.
Yevropa matbuoti vengrlarni texasliklarga solishtirmoqda: AQShning ushbu shtati hukumati tutib olingan noqonuniy muhojirlarni avtobuslarga o‘tqazib, demokratlar izmidagi Nyu-York va Chikago kabi shaharlarga jo‘natib yuboryapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter