Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘qimayotgan va ishlamayotgan migrantlar Rossiyada qolishi mumkin emas — Medvedev

O‘qimayotgan va ishlamayotgan migrantlar Rossiyada qolishi mumkin emas — Medvedev

Foto: Fontanka.ru

«Migrantlarning oila a’zolari Rossiya hududiga shunchaki kelmasligi kerak». RF Xavfsizlik kengashi raisining o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Davlat migratsiya siyosati yig‘ilishida shunday dedi.

«Buni hammaga qattiq eslatish kerak. Mamlakatimiz hududida bo‘lib turib o‘qimayotgan va ishlamayotgan shaxslar mamlakatimizni tark etishi shart», — dedi u.

Medvedev migrantlarning oilalari Rossiyaga kelishi maxsus nazorat ostida bo‘lishi shartligini ta’kidladi.

Uning fikricha, Rossiyada etnik anklavlar paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak, bu ekstremizmga zamin yaratadi. «Kim nima maqsadda keldi, qayerda ishlayapti va yashayapti, Rossiya jamiyatiga integratsiyalashuvga tayyormi — buni aniq bilishimiz lozim», — dedi Medvedev.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring