Arnold Shvarsenegger prezident saylovida raqib partiya nomzodiga ovoz bermoqchi
Arnold Shvarsenegger 30-oktyabr kuni X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida AQSh prezidentligi uchun saylovda demokratlar nomzodi Kamala Harrisga ovoz berishga chaqirdi.
Aktyor AQShning har ikki yetakchi partiyasidan ko‘ngli to‘lmasligini, biroq hozirgi vaziyatda o‘z ovozini Kamala Harris va Tim Uolz (vitse-prezidentlikka nomzod)ga berishini aytdi.
E’tiborli tomoni, Shvarsenegger — respublikachi, bir paytlar shu partiyadan nomzodini ko‘rsatib Kaliforniya shtati gubernatorligiga ikki marta saylangan (2003–2011).
«Men uchun doim birinchi navbatda — amerikaliklar, keyin respublikachilar. Siyosatni har qachongidan yomon ko‘rishim bejizga emas, agar normal odam bo‘lsangiz buni tushunasiz», — deb yozdi u.
Shvarsenegger o‘tgan saylovda mag‘lubiyatni mardlarcha tan olmagani uchun Respublikachilar partiyasi vakili Donald Trampni qoraladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter