Alen Delon jiddiy qarorga keldi
Jahon kinosining mashhur vakili, 86 yoshni qarshi olgan Alen Delon evtanaziya orqali hayot bilan vidolashishga tayyorligini e’lon qildi.
Fransiyalik aktyor faoliyati davomida o‘nlab yorqin rollarni ijro etishga muvaffaq bo‘lgan.
U so‘nggi intervyularidan birida evtanaziyaga murojaat qilishga tayyorligini ta’kidladi. Chunki sog‘lig‘idan shikoyat kuchaygan. U hozir Shveysariyada yashaydi va bu yerda evtanaziya qonuniy hamda unga ruxsat etilgan.
«Ma’lum bir yoshdan boshlab, biz kasalxonadan, ukollardan va boshqa narsalardan qochib, tinchgina hayot bilan vidolashishga haqlimiz», – deydi aktyor.
Delon allaqachon merosni bolalari o‘rtasida taqsimlab bergan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter