Alen Delonning vasiyatnomasi farzandlariga topshirildi
Marhum fransuz kinoyulduzi Alen Delonning vasiyatnomasi farzandlariga topshirildi. Bu haqda Figaro xabar berdi.
To‘rt sahifali hujjat buyurtma xat orqali Shveysariyadan Antoni, Anushka va Alen-Faben Delonlarga yuborilgan. Aktyorning vorislari ixtiyorida vasiyat yuzasidan e’tiroz bildirish uchun 30 kun vaqt bor, deb yozdi nashr.
Avvalroq aktyorning to‘ng‘ich farzandi Antoni 150 mln yevroga baholanayotgan merosning 50 foizi singlisi Anushkaga tegishini, 25 foizdan ulush o‘g‘illar o‘rtasida taqsimlanishini ma’lum qilgandi.
Teatr va kino aktyori, rejissyor va ssenariynavis Alen Delon 18 avgust kuni 88 yoshida olamdan o‘tgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter