Xitoyda dunyodagi eng kuchli kompyuter yaratildi

Xitoyda dunyodagi eng kuchli kompyuter yaratilgani haqida IFLScience xabar berdi.
Kvant kompyuter prototipi — Zuchongzhi-3 kvant hisoblashlar sohasida yangi rekordlar o‘rnatishi kutilmoqda. Ishlanma mualliflariga ko‘ra, u odatiy superkompyuterlarga qaraganda ancha tez ishlaydi.
Zuchongzhi-3 kompyuteri 105 kubitdan iborat. U bir necha daqiqada bajaradigan kvant hisoblashlar uchun Frontier superkompyuteri salkam 6 mlrd yil sarflagan bo‘lardi, deyishmoqda xitoylik olimlar.
Nashr aniqlik kiritishicha, kvant hisoblashlar uchun test Random Circuit Sampling (RCS) deb ataladi. Bu sinov paytida protsessor tasodifiy kvant sxemalarni generatsiyalaydi va ularning natijalarini baholaydi.
Ta’kidlanishicha, Zuchongzhi-3 testlarida qayd etilgan natijalar rost bo‘lsa, u Frontier superkompyuteridan 2 million milliard marotaba, Sycamore (Google) superkompyuteridan 1 million marta ildamroqdir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter