Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Haydovchisiz taksi yo‘lovchini tushirishni «istamadi»

Haydovchisiz taksi yo‘lovchini tushirishni «istamadi»

Foto: BILD

Los-Anjeles (AQSh)da haydovchisiz boshqariluvchi taksi to‘xtashni «istamagani» uchun yo‘lovchi samolyotdan qolib ketdi.

Mayk Jons Skottsdeyl (Arizona shtati)ga, uyiga qaytayotgan edi. U aeroportgacha Waymo taksisiga buyurtma bergandi. Waymo — Google kompaniyasining haydovchisiz transport vositalari bilan shug‘ullanuvchi sho‘’basi.

Haydovchisiz taksi Jonsni aerorportgacha olib keldi, biroq to‘xtash o‘rniga, tinmay bir joyda aylana boshladi. Mayk mashinada qamalib qolgan, qo‘llab-quvvatlash xizmati xodimi esa masofadan turib mashinani to‘xtatishga urinardi.

Nihoyat, yo‘lovchini mashinadan tushirib olishdi, ammo bu paytga kelib samolyot uchib ketgandi. Jonsning aytishicha, kompaniya yetkazilgan zararni qoplash tugul, kechirim ham so‘ramagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring