Yuguruvchini eng ko‘p jarohatlovchi poyabzal ma’lum bo‘ldi
Florida universiteti olimlari tagcharmi qalin krossovkalarni kiyib yugurganlar nisbatan ko‘proq jarohat olishlarini aniqlashdi.
Olti yildan ko‘proq davom etgan kuzatuvlarda mutaxassislar 700 dan ziyod yuguruvchini o‘rganib, ularning qanaqa oyoq kiyimini kiyishi, jarohatlanish holatlari, maxsus yugurish yo‘laklarida harakatlanishidagi jihatlarni tahlil qilishdi.
Natijalarga ko‘ra, uchi tomon kichrayib boruvchi qalin tagcharmli krossovkalar yugurishdagi tabiiylikni buzib, jarohat olish ehtimolini oshiradi.
Va aksincha, tumshuq qismi keng, poshnasi uncha ko‘tarilmagan yengil poyabzaldan foydalanuvchi sportchilarda shikastlanish va jarohatlar nisbatan kam kuzatilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter