Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Vinisiusning mag‘lubiyatiga jamoadoshlari sabab qilib ko‘rsatildi

Vinisiusning mag‘lubiyatiga jamoadoshlari sabab qilib ko‘rsatildi

Fransiyaning France Football nashri bosh muharriri braziliyalikning mag‘lubiyati sababini izohladi.

«Real Madrid» klubi Vinisius Junior «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritmaganidan qattiq g‘azablandi. Ushbu sovrinni beradigan France Football nashriga qarata: «Biz uchun endi «Oltin to‘p» marosimi yo‘q», dedi. Tantanali oqshomdan so‘ng fransuz nashri bosh muharriri ushbu tanqidga javob qaytardi va braziliyalik futbolchi ispaniyalik Rodriga yutqazgani haqida ba’zi ma’lumotlarni berdi.

«Shubhasiz, Vinisius kuchli beshlikda Bellingem va Karvaxalning borligidan aziyat chekdi, chunki matematik jihatdan bu undan bir necha ochko olib ketdi. Chunki ovoz beruvchilar «Real Madrid» mavsumini sarhisob qilib, o‘z ovozlarini bu futbolchilar o‘rtasida taqsimlab yuborishdi, bu Rodriga foyda keltirdi», — deya tushuntirdi Vinsent Garsiya.

Shuning uchun u Madrid klubi aldangani haqida gapirayotganidan taassufda: «Biz ular bilan va boshqa barcha klublar bilan gaplashdik. Bu yil g‘olibni oldindan xabardor qilish niyatimiz yo‘q edi. Men hamma rozi bo‘ldi deb o‘yladim, lekin oxirgi lahzada ular buni ko‘tara olishmadi».

«Real Madrid» marosimga kelmadi. Va buning ortidan jamoa yilning eng yaxshi klubi, Anchelotti yilning eng yaxshi murabbiyi, Mbappe yilning eng yaxshi hujumchisi nominatsiyalarini shaxsan qabul qilib olishmadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring