O‘zbekiston Qirg‘izistonni kichik hisobda yengdi

Toshkentda JCh-2026 saralash bosqichida O‘zbekiston va Qirg‘iziston termalari o‘zaro maydonga tushdi.
Keskin kurashlarga boy o‘tgan bahsda o‘zbekistonliklarda ko‘plab vaziyatlar vujudga keldi. Dastlab Eldor Shomurodov penaltini ura olmadi.
40-daqiqada Hojiakbar Alijonov raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
70-daqiqada Eldor Shomurodov urgan gol inobatga olinmadi.
Uchrashuv davomida vakillarimizda gol urish uchun yaxshi vaziyatlar vujudga keldi, ammo futbolchilar ulardan foydalana olmadi.
Natijada uchrashuv 1:0 hisobida yakunlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter