O‘zbekistonning baxtli mamlakatlar reytingida o‘rni e’lon qilindi

O‘zbekiston aholisi baxtli mamlakatlar reytingida 53-o‘rinni egalladi. Bu haqda World Happiness Report ma’lumot berdi.
Finlyandiya o‘z aholisining baxtliligiga ko‘ra birinchi o‘rinni saqlab qoldi. Kuchli beshlikka Daniya, Islandiya, Shvetsiya va Niderlandiya ham kirdi.
World Happiness Report (2022–2024) reytingining yangi versiyasida Rossiya 66-o‘ringa ko‘tarildi. 2021–2023-yillarni qamrab olgan o‘tgan yili taqdim etilgan hisobotda Rossiya 72-o‘rinni egallagandi. Sobiq SSSR davlatlari orasida Qozog‘iston 45-o‘rinni egalladi, Qirg‘iziston (75-o‘rin), Moldova (80-o‘rin), Armaniston (87-o‘rin), Tojikiston (90-o‘rin), Gruziya (91-o‘rin), Ozarbayjon (106-o‘rin) va Ukraina 111-o‘rinni qayd etdi.
World Happiness Report xalqaro tadqiqot loyihasi bo‘lib, u butun dunyo mamlakatlaridagi odamlarning baxtlilik darajasini o‘lchaydi. Tadqiqot Kolumbiya universitetining Yer instituti va Birlashgan Millatlar Tashkiloti homiyligidagi tadqiqot markazi Barqaror rivojlanish markazi tomonidan olib borilmoqda.
Qo‘shma Shtatlar 23-o‘rindan 24-o‘ringa tushib ketdi, bu mamlakat uchun eng yomon ko‘rsatkichdir. Xitoy avvalgi reytingdagi 60-o‘rindan 68-o‘ringa tushdi. Afg‘oniston yana eng baxtsiz davlat deb topildi. Serra-Leone oxirgidan ikkinchi, Livan esa uchinchi o‘rinda.
Dunyodagi eng baxtli 10 ta davlat:
1.Finlyandiya
2. Daniya
3.Islandiya
4.Shvetsiya
5.Niderlandiya
6.Kosta-Rika
7.Norvegiya
8.Isroil
9.Lyuksemburg
10. Meksika.
World Happiness Report reytingini tuzishda mamlakatning iqtisodiy salohiyati (aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot), sog‘liqni saqlash sifati (o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi), erkinlik va xavfsizlik darajasi kabi mezonlar, shuningdek, aholining davlat va uning siyosatiga bo‘lgan ishonchi darajasi kabi ijtimoiy jihatlar hisobga olinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter