O‘zbekiston kamonchilari Osiyo kubogida oltin medalni qo‘lga kiritdi

Kamondan otish bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Osiyo kubogida oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Tailand poytaxti Bangkokda bo‘lib o‘tgan musobaqaning saralash bosqichida qizlarimiz BAA, Hindiston, Yaponiya kabi kuchli jamoalarni mag‘lub etishdi.
Finalda esa malayziyalik merganlar 5:3 hisobida dog‘da qoldirildi.
Turnirda Ziyodaxon Abdusattorova, Nilufar Hamroyeva, Jasmina Nurmanova va Omina Ergasheva yurtimiz sharafini munosib himoya qildilar.

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter