FIFA rahbarining maoshi ma’lum bo‘ldi
Sky Sports jurnalisti Rob Harris Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) rahbari Janni Infantino qancha maosh olishini aniqladi.
Infantino 2023-yilda tashkilot prezidentligiga qayta saylanganidan so‘ng, maoshi miqdori oshgan. Oldingi €1,99 mln 33 foiz oshirilib, yiliga €2,69 mln olishni boshlagan. Qolaversa, ayollar o‘rtasidagi jahon chempionatidan €1,93 mln bonus ishlagan. Shu tariqa Infantinoning yillik daromadi €4,21 mlnni tashkil etdi.
23-mart kuni 54 yoshini qarshilaydigan Janni Infantino 2016-yilning 26-fevralidan buyon FIFA prezident lavozimini egallab turibdi. Amaldagi prezidentlik muddati 2027-yilda tugaydi. FIFAga qadar Sportni o‘rganish xalqaro markazi (CIES) bosh kotibi bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter