Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

FIFA Isroilni xalqaro musobaqalardan chetlashtirish masalasini ko‘rib chiqadi

FIFA Isroilni xalqaro musobaqalardan chetlashtirish masalasini ko‘rib chiqadi

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) kelasi haftada Falastin iltimosiga ko‘ra Isroilni xalqaro turnirlardan chetlashtirish masalasini ko‘rib chiqadi.

«Biz FIFAning ushbu muammoni hal qilishdagi professionalligi va xolisligini yuqori baholaymiz, xususan, FFA hozirgi jarayonning adolatliligiga ishonadi. Masala 3 oktyabr kuni FIFA Kengashi tomonidan ko‘rib chiqilishi kutilmoqda. Ishonchimiz komilki, bu jarayon oxir-oqibat Falastin futboli va uning sportchilari uchun adolat va tenglikka olib keladi», deyiladi Falastin futbol assotsiatsiyasi (FFA) bayonotida.

Falastin tomoniga qanday javob berilishi va isroillik futbolchilarni nima kutayotgani kelasi hafta ma’lum bo‘ladi.

Shunga o‘xshash ssenariyda, ikki yil oldin FIFA Rossiya va uning futbol klublariga qarshi sanksiyalar qo‘llagan va Ukrainadagi mojaro tufayli ularni xalqaro o‘yinlardan chetlatgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring