Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevro-2024. Superkompyuter kim g‘olib chiqishini aniqladi

Yevro-2024. Superkompyuter kim g‘olib chiqishini aniqladi

Foto: Instagram/EURO2024

Germaniya mezbonlik qilayotgan futbol bo‘yicha Yevropa chempionatining atigi bir o‘yini qoldi — finalda Ispaniya va Angliya terma jamoalari o‘zaro kuch sinashadi. Sovrin qaysi jamoaniki bo‘ladi? Muxlislarni qiziqtirayotgan bu savolga superkompyuter javob berdi, deb yozmoqda Opta Sports.

Superkompyuterning fikricha, finalda Ispaniyaning g‘olib chiqish ehtimoli — 57,3 foiz, Angliyaniki — 42,7 foiz.

Superkompyuter ustunlikni «qizil furiya»ga berishiga sabab — ispan jamoasining qanday ishlayotgani. Luis de la Fuente jamoasi finalgacha olti o‘yin o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozondi. Ispaniya barcha g‘alabalariga o‘yinning asosiy vaqtida erishdi, Angliya bunday natija bilan maqtana olmaydi.

Garet Sautgeyt jamoasi guruhdan ikki durang va bir g‘alaba bilan chiqdi. Keyin juda qiyin o‘tgan pley-off bosqichidagi uch g‘alaba (bittasi penaltilar seriyasida hal bo‘lgan). Shuning uchun ham superkompyuter inglizlarning zafar qozonish imkoniyatini sal pasaytirdi.

Agar yodingizda bo‘lsa, Yevro-2024 boshlanishidan avval superkompyuter Angliyani g‘oliblikka asosiy da’vogar degandi. O‘shanda sovringa da’vogarlar ro‘yxatida keyingi o‘rinlarda Fransiya, Germaniya va Ispaniya terma jamoalari ko‘rsatilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Yevropa chempionatining Ispaniya va Angliya o‘rtasidagi final o‘yini Berlinda 14-iyul sanasida bo‘lib o‘tadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring