Abdusalom Azizov va Ravshan Ermatov lavozimiga qayta saylandi
Bugun, 25 sentyabr kuni Milliy Olimpiya qo‘mitasi binosida O‘FAning navbatdagi hisobot-saylov kongressi o‘tkazildi.
Unda kun tartibining masalalardan biri – O‘FA prezidenti, vitse-prezidenti va ijroiy qo‘mita a’zolarini saylash ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti lavozimiga 45 ta a’zo tashkilot Abdusalom Azizov nomzodi, birinchi vitse-prezidenti lavozimiga 42 ta a’zo tashkilot Ravshan Ermatov nomzodini qo‘llab-quvvatlagan.
Amaldagi tartibga ko‘ra, Abdusalom Azizov O‘FA prezidenti, Ravshan Ermatov esa vitse-prezidenti lavozimiga qayta saylandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter