Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yuk mashinalari ishtirokidagi YTHlarda 7 oyda yuzdan ortiq fuqaro halok bo‘lgan

Yuk mashinalari ishtirokidagi YTHlarda 7 oyda yuzdan ortiq fuqaro halok bo‘lgan

2024-yilning o‘tgan 7 oyida yuk avtotransport vositalari bilan bog‘liq 303 ta yo‘l-transport xodisasi sodir etilgani oqibatida 108 nafar fuqaro halok bo‘lgan 227 nafar fuqaro tan jarohati olgan.

Bu haqda Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasida bo‘lib o‘tgan majlisda ma’lum qilindi.

Qo‘mita majlisida ta’kidlanishicha, Hukumatning 2022-yil 12-apreldagi 172-sonli qarori bilan tasdiqlangan Yo‘l harakati qoidalarida yuk avtomobillariga faqat chapga burilish yoki qayrilib olish uchun yo‘lning chetki chap qatorini egallashga ruxsat etilib, boshqa hollarda chap qatorda harakatlanish taqiqlangan. Biroq ushbu qoidabuzarlik uchun amaldagi qonunchilikda jazo choralari belgilanmaganligi sababli aksariyat hollarda haydovchilar yo‘llarning chap qatorlarida bemalol harakatlanishmoqda va bu holat avtomobil yo‘llarida tirbandliklarga va avariyali holatlari sodir bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda.

Aynan shu jihatlarni e’tiborga olgan holda bugungi majlisda «O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun dastlabki tarzda muhokama qilindi. Unga ko‘ra, qonun bilan yuk avtomobillarida yo‘lning chetki chap qatorida harakatlanganlik  (ruxsat etilgan hollar bundan mustasno) uchun ma’muriy javobgarlik belgilanyapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring