Yuk mashinalari haydovchilari uchun yangi tartib kuchga kirdi
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga tegishli qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi Qonunga muvofiq, joriy yil 28 oktyabrdan yuk mashinalari haydovchilari uchun yangi tartib kuchga kirdi.
MJtKning yangilangan 128-moddasiga ko‘ra, yo‘lning chetki chap qatorida yuk avtomobillarining harakatlanishi (chapga burilish yoki orqaga qayrilish kabi ruxsat etilgan holatlar bundan mustasno) endi BHMning 0,5 baravari (187,5 ming so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Birinchi jarimadan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan qoidabuzarlik BHMning 1 baravari (375 ming so‘m), uchinchi qoidabuzarlik BHMning 3 baravari (1 mln 125 ming so‘m), yil davomida to‘rtinchi va undan keyingi qoidabuzarliklar esa BHMning 4 baravari (1,5 mln so‘m) miqdorida jarima yoki transport vositasini boshqarish huquqidan 6 oy muddatga mahrum qilish bilan jazolanadi.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yilda yangilangan Yo‘l harakati qoidalarida yuk avtomobillarining, ayrim istisnolardan tashqari barcha holatlarda, yo‘lning faqat o‘ng qatnov qismidan harakatlanishi shartligi belgilab qo‘yilgan edi. Biroq ushbu qoidabuzarliklar uchun ma’muriy chora (jarima)lar belgilanmagani bois qoidabuzarlik uchun javobgarlikka tortish imkoni bo‘lmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter