Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yomg‘ir, shamol, harorat pasayishi — «O‘zgidromet» ob-havo o‘zgarishini ma’lum qildi

Yomg‘ir, shamol, harorat pasayishi — «O‘zgidromet» ob-havo o‘zgarishini ma’lum qildi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekiston bo‘yicha 2024 yil 21-25 oktyabr kunlariga ob-havo prognozi taqdim etildi.

Qayd etilishicha, bugun mamlakatimizning shimoliy hududlariga nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda, buning natijasida kunning ikkinchi yarmida Buxoro, Navoiy viloyatlarida va kechga tomon Xorazm viloyatida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Kunduzi havo harorati 24-27 darajani, shimolda 12-17 darajani tashkil etadi.

Ertaga respublika hududining katta qismida yomg‘ir yog‘adi, shamol ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Kunduzgi harorat 15-20 darajagacha pasayadi.

Chorshanba va payshanba kunlari faqat respublikaning janubiy va sharqiy hududlarida yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. O‘zbekiston bo‘yicha eng jadal yomg‘irlar 25 oktyabr kuni prognoz qilinmoqda.

Havo harorati 23 oktyabrda kechasi 8-13 daraja, kunduzi 10-15°, 24 oktyabrda kechasi 5-10°, kunduzi 12-17°, 25 oktyabrda kechasi 5-10°, kunduzi 14-19° bo‘ladi.

22 oktyabrdan 25 oktyabrgacha respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, 23-25 oktyabrda ayrim hududlarda ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, baland tog‘li hududlarda qorga aylanadi.

Poytaxtimizda ertaga kechga tomon vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-13, kunduzi 17-19 daraja bo‘ladi.

23-24 oktyabrda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 23 oktyabr kuni kechasi 11-13 daraja, kunduzi 13-15°, 24 oktabrda kechasi 8-10°, kunduzi 15-17° bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring