Venesuela X ijtimoiy tarmog‘ini 10 kunga blokladi
Venesuela telekommunikatsiyalar milliy komissiyasi mamlakatda X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘ini 10 kunga blokladi. Bu haqda Venesuela prezidenti Nikolas Maduro bevosita X tarmog‘idagi sahifasi orqali ma’lum qildi.
Maduro milliarder Ilon Mask qo‘l ostidagi ushbu platformani adovat va fuqarolar urushini qo‘zg‘ashda aybladi.
«Venesuelada qonun, konstitutsiya, institutlar, davlatchilik, odamlar bor — ularni hurmat qilish kerak», — ta’kidladi Maduro.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter