Venesuela alkogol va pirotexnikani taqiqlab qo‘ydi. Bu muhim siyosiy tadbir bilan bog‘liq
Venesuela hukumati mamlakatda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlari vaqtida qator taqiqlar joriy etilishini ma’lum qildi, deb yozadi «RIA Novosti».
Shuningdek, xavfsizlik choralari ham kuchaytiriladi.
Prezidentlik saylovlari chog‘ida Venesuela hukumati chegara nazoratini kuchaytirish va qat’iy taqiqlar joriy etish, xususan, alkogolli ichimliklar va pirotexnika mahsulotlarini sotish, shuningdek, og‘ir texnikaning harakatlanishi butunlay taqiqlanishini e’lon qildi.
Taqiq saylov jarayonini buzishi, saylov komissiyalari va saylov uchastkalari faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan ommaviy yig‘ilishlar, namoyishlar va boshqa ommaviy tadbirlarni o‘tkazishni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, 2019-yildan buyon mamlakatda o‘tkir kesuvchi qurollar va o‘qotar qurollarni olib yurish taqiqlangan - bu taqiq ham o‘z kuchida qolmoqda.
Venesuelada prezidentlik saylovlari 28-iyul kuni bo‘lib o‘tadi. G‘olib ovoz berish natijalariga ko‘ra aniqlanadi - ko‘pchilik ovozni olgan nomzod g‘olib bo‘ladi. Mamlakatning yangi saylangan prezidentining vakolat muddati 6 yilni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, Nikolas Maduro 2014-yildan buyon mamlakatni idora qilmoqda. G‘arb davlatlari uni demokratik saylovlar bilan hokimiyatga kelgan deya hisoblamaydi va bir qancha sanksiyalar joriy etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter