Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Turistik kompaniyalarga ziyorat turlarini tashkil etishga cheklov yo‘qligi aytildi

Turistik kompaniyalarga ziyorat turlarini tashkil etishga cheklov yo‘qligi aytildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent xalqaro aeroportida Saudiya Arabistoniga ziyorat turlarini tashkil etuvchi turistik kompaniyalar uchun cheklovlar joriy etilgani to‘g‘risida xabarlar tarqalgan edi.

Ushbu holat yuzasidan «Uzbekistan Airports» boshqaruv kompaniyasi rasmiy munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, «Toshkent» aeroporti va kompaniya tomonidan turistik firmalar va yo‘lovchilarga nisbatan hech qanday cheklovlar kiritilmagan.

Aviachiptaga ega barcha yo‘lovchilar tegishli reyslarga o‘z vaqtida ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

18 fevral kuni soat 23:50 holatiga esa Saudiya Arabistoniga amalga oshirilayotgan ikki reys bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish jarayoni yakunlangan.

Ular:

  • «Flyadeal» aviakompaniyasining Toshkent – Jidda yo‘nalishi bo‘yicha F39223 reysi: 352 yo‘lovchi, rejalashtirilgan jo‘nash vaqti 19-fevral soat 00:10;
  • «Centrum Air» aviakompaniyasining Toshkent – Jidda yo‘nalishi bo‘yicha C6 319 reysi: 176 yo‘lovchi, rejalashtirilgan jo‘nash vaqti 19-fevral soat 00:20.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring