Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tramp tashqi siyosatdagi eng muhim vazifasi nima ekanligini aytdi

Tramp tashqi siyosatdagi eng muhim vazifasi nima ekanligini aytdi

Foto: Paris Match

Donald Tramp Fransiyaning Paris Match nashriga bergan intervyusida AQSh prezidenti sifatida ish boshlagach, uning uchun tashqi siyosatdagi eng muhim masala Ukraina inqirozini hal etish ekanini ma’lum qildi.

«Biz Ukraina va Rossiya muammosini hal etishimiz zarur», — dedi Tramp. Uning so‘zlariga ko‘ra, Yaqin Sharq ham «istiqboldagi muhim masala», biroq u yerdagi vaziyat Ukraina masalasichalik murakkab emas.

Tramp Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushida halok bo‘lgan «yuz minglab askarlar»ni ham eslab o‘tdi. Ukrainadagi urush ham, Yaqin Sharqdagi vaziyat ham «tez hal etilishi» zarur, deya ta’kidladi Tramp.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring