Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi. Yo‘lkira narxi — 20 000 so‘m

Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi. Yo‘lkira narxi — 20 000 so‘m

Toshkent viloyatiga keluvchi xorijiy va mahalliy sayyohlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida poytaxtdan Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumaniga («Chorvoq» erkin turistik zonasiga) grafik asosida qatnovchi mavsumiy avtobuslar harakati yo‘lga qo‘yildi, deb xabar bermoqda Transport vazirligi.

Avtobuslar «Mashinasozlar» metro bekatidan soat 8:00 va 18:00 da jo‘naydi. Chorvoqdan (Humson) esa 6:00 va 16:00 harakatlanadi.

Qatnovlar «Uzautotrans service» korxonasining YUTONG avtobuslarida amalga oshirilmoqda. Ushbu yo‘nalishda yo‘lkira narxi 20 000 so‘m etib belgilangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring