Toshkentda MChJ rahbari kuchli dorilar savdosi ustida qo‘lga tushdi

Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini savdosi fosh etildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sharof Rashidov tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda fuqaro Sh.Z. 16 quti “Omnadren-250” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini fuqaro M.X.ga 4,8 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Yangihayot tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “R.M.” MChJ rahbari X.A.dan 300 dona “Benzonal 100 mg” hamda Departamentning Andijon shahri bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.A.dan 60 dona “Regapen” va “Tropikamid” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoki bunday moddalarni yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter