Toshkent viloyati hokimiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
Tursunov Otabek Ravshanbek o‘g‘li Toshkent viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
O.Tursunov 1984 yilda Andijon viloyati Andijon shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy. 2007 yilda Andijon muhandislik-iqtisodiyot institutini tamomlagan.
O. Tursunov ilk mehnat faoliyatini Andijon shahar «Sanoat qurilish temp» MChJ ta’minotchisi vazifasidan boshlagan. Faoliyati davomida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligida mas’uliyatli lavozimlarda ishlagan.
Tayinlovga qadar, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Iqtisodiyot, sanoat, moliya-bank, soliq, davlat aktivlari, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari kotibiyati mudirining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter