Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

To‘rtta hududda advokatlar qo‘lga olindi

To‘rtta hududda advokatlar qo‘lga olindi

Foto: Xabar.uz

Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan joylarda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida bir nechta advokatlarning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi.

Jumladan, JIB Dehqonobod tuman sudida ko‘rilayotgan jinoyat ishidagi ayblanuvchiga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlanishida sud tizimidagi tanishlari orqali yordam berish evaziga 4 ming AQSh dollari olgan vaqtida mazkur tumanda faoliyat yurituvchi advokatlik byurosi advokati D.A. ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Karmana tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa Navoiy shahrida faoliyat yurituvchi advokatlik firmasi advokati X.A. Jinoyat Kodeksining 246 va 273-moddalari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha ayblanuvchiga nisbatan mansabdor tanishlari orqali yengil jazo tayinlatib, uni ozodlikka chiqartirib berish evaziga 20 mln. so‘m va 500 AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

Vobkent tumanida kuzatilgan holatda, mahalliy advokatlik byurosi advokati N.G‘. Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan aybdor deb topilgan fuqaroga nisbatan mazkur tuman sudining 3 yil 6 oy muddatga ozodlikni cheklash bo‘yicha chiqargan hukmini o‘zining mansabdor tanishlari orqali 1 yil 2 oy muddatda yakunlatib berish evaziga 1200 AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

Qarshi shahrida faoliyat yurituvchi advokatlik firmasining muqaddam sudlangan advokati B.A. ham fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudda ko‘rib chiqilayotgan er-xotin o‘rtasidagi nikohni vakolatli tanishlari orqali bekor qildirib berish evaziga 1100 AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

Shirin shahrida faoliyat yurituvchi advokatlik firmasi advokati B.Q. Jinoyat Kodeksining 270-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha ayblanuvchiga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlanishida sud organlaridagi mansabdor tanishlari orqali yordam berish evaziga 800 AQSh dollari va 2,5 mln. so‘m olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda mazkur advokatlarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring