Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Surxondaryoda benzindan «urib qolgan» AYoQSh aniqlandi

Surxondaryoda benzindan «urib qolgan» AYoQSh aniqlandi

Foto: Xabar.uz

Surxondaryo viloyatida benzinni ko‘rsatilgan miqdordan kam bergan AYoQShning birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda  «O‘zenergoinspeksiya» axborot xizmati xabar berdi. 

O‘rganishlarda Surxondaryo viloyati Termiz shahrida joylashgan AYoQShda iste’molchilarga avtobenzinni to‘la hajmda sotilishi namunaviy o‘lchagich yordamida o‘lchab ko‘rilganda, ruxsat etilgan me’yordan tashqari har 10 litrdan 0,100 litr kam quyilayotganligi ma’lum bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan ushbu AYoQShda kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha to‘xtatilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring