Superkompyuter Chempionlar ligasi favoriti va autsayderini aniqladi

Opta cuperkompyuteriga ko‘ra, Londonning «Arsenal» klubi — Chempionlar ligasi favoriti.
Kompyuter «Arsenal»ning Yevropadagi eng nufuzli jamoaviy turnirdagi g‘alaba qozonish ehtimolini 28,7 foiz deb baholadi. Ikkinchi o‘rinda — «Inter» (25,5 foiz), uchinchi — «PSJ» (24 foiz). Negadir «Barselona»ning imkoniyati eng past baholandi — 21,8 foiz.
Yarim finalda «Arsenal» — «PSJ», «Inter» — «Barselona» juftliklari to‘qnashadi. Ikki o‘yinlik yarim finallar 29–30-aprel hamda 6-7-may kunlari bo‘lib o‘tadi.
Final 31-may kuni Myunxen (Germaniya)da o‘tkaziladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter