Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shoir Bahodir Iso 69 yoshida vafot etdi

Shoir Bahodir Iso 69 yoshida vafot etdi

Bugun, 25-fevral kuni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Bahodir Iso vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi xabar berdi.

Bahodir Iso 1956-yilda Farg‘ona viloyati Rishton tumanidagi Do‘tir qishlog‘ida tug‘ilgan. 1977-yilda Farg‘ona pedagogika institutini tugatgan. Biroq faoliyatini asosan adabiyotga, san’atga bog‘lagan.

Uning she’rlari, dostonlari O‘zbekistonning barcha matbuotlarida, kollektiv to‘plamlarda chop etilgan. U 1988-yilda nashr etilgan «Xayrli tun» she’riy to‘plami bilan muxlislarga yaxshi tanishdir.

«Xabar.uz» marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring