Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shimoliy va Janubiy Koreyani bog‘lovchi yo‘lning portlatilishida katta ramziylik bor

Shimoliy va Janubiy Koreyani bog‘lovchi yo‘lning portlatilishida katta ramziylik bor

Foto: RIA Novosti

Yaqinda Shimoliy Koreya o‘z hududidagi temir yo‘l va avtomobil yo‘lining Janubiy Koreyaga eltuvchi qismini portlatib yuborgan edi. KXDR yetakchisi Kim Chen In voqeaga rasman munosabat bildirdi.

«KXDRdan Janubiy Koreyaga eltuvchi yo‘llarning portlatilishi ikki mamlakatni birlashtirish g‘oyasidan voz kechilishining ramzidir», — dedi Kim Chen In.

U 17-oktyabr kuni Koreya xalq armiyasining 2-korpusiga tashrifi chog‘i Pxenyan va Seulning hozirgi munosabatlariga oydinlik kiritdi.

«Muhtaram o‘rtoq Kim Chen In armiyamiz isbot talab qilmas bir narsani yana bir bor anglab olishi lozimligini uqtirdi: Janubiy Koreya — begona va g‘irt dushman mamlakat», — deyiladi Koreya markaziy telegraf agentligi xabarida.

KXDRning qo‘shni davlat bilan bog‘lovchi temir yo‘l va avtomobil yo‘lini butunlay buzib tashlashi nafaqat quruqlik orqali aloqalar jismonan to‘xtatilishini, balki Janubiy Koreya bilan «ahmoqona aloqa»lar bas qilinishini anglatadi, dedi Kim Chen In.

Kim Chen Inning aytishicha, bu portlatishlar uchun Seul uchun so‘nggi ogohlantirishdir. KXDR suvereniteti buzilgan holatda armiya zudlik bilan ishga solinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring