Sherzod Shermatov «Yandeks Taksi» bo‘yicha muhim uchrashuv o‘tkazdi
19 aprel kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov «Yandeks Taksi»ning MDH davlatlari bo‘yicha boshqaruv direktori Kiril Svinsov bilan uchrashgan.
Unda bir nechta muhim masalalar, jumladan, «Yandeks Taksi»ni IT-park rezidentiga aylantirish bo‘yicha takliflar muhokama qilingan. Shuningdek, kompaniya O‘zbekistonda o‘z faoliyatini kengaytirib, uni viloyatlar markazlarida ham joriy etish ishlarini yanada jadallashtirish ta’kidlangan.
Tomonlar hamkorlikni yanada mustahkamlash va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha ishlarni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirganlar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter