Shavkat Mirziyoyevning Qozonga tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozon shahriga tadbirlarga boy amaliy tashrifi nihoyasiga yetdi.
Tashrif dasturi yakunlangach, davlatimiz rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi. Aeroportda oliy martabali mehmonni Tatariston Respublikasi Raisi Rustam Minnixanov va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi.
O‘zbekiston Prezidenti "BRIKS plyus" sammitining yalpi majlisida barqaror taraqqiyot yo‘lidagi umumiy maqsadlarga erishishga qaratilgan muhim tashabbuslarni ilgari surdi.
Sammit doirasida davlatimiz rahbarining Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin, Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi, Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi, Vetnam Sotsialistik Respublikasi Bosh vaziri Fam Min Tin, Tatariston Respublikasi Raisi Rustam Minnixanov, Yangi taraqqiyot banki prezidenti Dilma Rusef, "Sberbank" boshqaruvi raisi German Gref bilan uchrashuv va muzokaralari bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston va Tatariston o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, xalqlar o‘rtasida do‘stlik va o‘zaro anglashuvni mustahkamlashga qo‘shgan salmoqli hissasi uchun Tatariston Respublikasining davlat mukofoti - "Do‘stlik" ordeni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter