Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston yetakchisiga minnatdorlik bildirdi
14 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Prezidentimiz Turkmaniston yetakchisini shoir va mutafakkir Maxtumquli Firog‘iyning 300 yillik yubileyiga bag‘ishlangan xalqaro forum muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan yana bir bor tabrikladi hamda Ashxobod shahrida ko‘rsatilgan samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi.
Yaqindagi uchrashuvda erishilgan kelishuvlardan kelib chiqib O‘zbekiston-Turkmaniston strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari bo‘lajak tadbirlar rejasini ham muhokama qildilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter