Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev raisligida yig‘ilish boshlandi

Shavkat Mirziyoyev raisligida yig‘ilish boshlandi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Toshkent viloyatini rivojlantirish vazifalari yuzasidan yig‘ilish boshlandi.

Davlatimiz rahbari so‘nggi yetti yilda barcha hududlar singari Toshkent viloyatida ham katta ijobiy o‘zgarishlar bo‘lganini qayd etdi.

Viloyat iqtisodiyoti 1,5 barobarga o‘sib, o‘tgan yili 119 trillion so‘mlik qo‘shilgan qiymat yaratildi, tadbirkorlar 16 mingtaga ko‘payib, 170 ming doimiy ish o‘rni paydo bo‘ldi.

Viloyatda 6 milliard dollarlik 826 ta yangi sanoat korxonasi ishga tushdi, 5 milliard dollarlik eksport bo‘ldi.

Shularning natijasida o‘tgan to‘rt yilda 70 ming, bu yilning o‘zida esa 19 mingta oila kambag‘allikdan chiqarildi.

Toshkent viloyati hududi 15 ming kvadrat kilometr bo‘lib, Andijondan 3,5 baravar ko‘p. Viloyat tuman va shaharlar soni bo‘yicha respublikada birinchi o‘rinda.

Lekin viloyat o‘z imkoniyatlarining yarmini ham ishlatmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Oxirgi bir oyning o‘zida viloyatda qo‘shimcha 13 milliard dollar investitsiya, 500 ming ish o‘rni, budjetga 3,5 trillion so‘m tushum qilish imkoniyatlari aniqlandi.

Masalan, viloyatda tadbirkorlik qilishga ishtiyoq kundan-kun oshayapti. Poytaxtdagi korxonalar ham infratuzilma yaqinligi, yer, mulk solig‘i, ishchi kuchi arzonligi uchun Toshkent viloyatidan joy qidirayapti.

Shu bois, Toshkent, Qibray, Zangiota, Yuqorichirchiq, O‘rtachirchiq tumanlari, Chirchiq va Nurafshon shaharlari poytaxt tumanlari bilan hamohang rivojlanishi kerak, dedi Prezident.

Misol uchun, Toshkent tumanining Qorasaroy va Xasanboy guzari mahallalarida 97 gektarda industrial texnopark tashkil qilinadi.

Bu joyda 350 million dollarlik yuqori qo‘shilgan qiymatli loyihalarni tashkil qilish mumkin.

Bundan tashqari, tadbirkorlar jami 107 gektarda ekopark, akvapark, savdo kompleksi, mehmonxona va logistika markazlarini barpo etmoqchi, yana 100 gektarda 35 ming xonadonli ko‘p qavatli uylar qurishga tayyor turibdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring