Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyaning 53 gektarli oroli yo‘q bo‘lib ketdi

Rossiyaning 53 gektarli oroli yo‘q bo‘lib ketdi

Foto: MDU Dengiz tadqiqotlari markazi

Shimoliy Muz okeanidagi Frans-Iosif yeri arxipelagiga kiruvchi 53 gektarli Mesyasev oroli butunlay yo‘q bo‘lib ketdi. Bu haqda Rus geografiya jamiyati sayti xabar berdi.

Kuzatuv rahbari, Moskva aviatsiya instituti dotsenti Aleksey Kucheykoning aytishicha, yo‘qolgan maydon Yeva-Liv oroli yaqinida joylashgan edi.

«Mesyasev oroli butunlay erib ketdi. Shu sababli navigatsiya xaritalariga o‘zgartirishlar kiritish kerak», — dedi u.

Olimlar ushbu hodisani muzliklar erishi va jahon okeani sathi ko‘tarilishiga olib kelayotgan global isish bilan bog‘lashmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring