Rossiyalik seriyali qotil ozodlikka chiqarildi
Rossiyalik seriyali qotil Anvar Masalimov Ufadagi qamoqxonadan ozodlikka chiqarildi. Bu haqda Topor Live telegram-kanali xabar berdi.
1980 yilda birinchi marta qotillikka qo‘l urib, 15 yilga qamalgan. 1991 yilda jazoni o‘tash koloniyasida yana odam o‘ldirgan. Internetdagi ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, har ikki qotillikni spirtli ichimlik ta’siri ostida amalga oshirgan.
1992 yilda otuvga hukm qilingan, ammo 1998 yilda o‘lim jazosi bir umrlik qamoqqa almashtirilgan. 2016 yilda Masalimov ozodlikka chiqadi, 2019 yilda esa o‘zgaga og‘ir tan jarohati yetkazgani uchun qamoqqa qaytariladi.
Anvar Masalimov 2024 yilning 19 dekabrida — 69 yoshni qarshilagan kuni yana ozodlikka chiqdi. Masalimov umrining 37 yilini panjara ortida o‘tkazgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter