Ronaldu qimmatbaho soatlar chiqarishni boshladi
Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu o‘z qo‘l soatlari kolleksiyasini chiqardi. Bu haqda u Instagramdagi sahifasida ma’lum qildi.
Ronalduning aytishicha, o‘z soatlarini chiqarishni doim orzu qilib kelgan. Uning orzusi ikki xil soat modelida aks topdi. Ular futbolchining maydondagi eng porlagan damlaridan ilhomlanib yasalgan:
- Flight of CR7;
- Heart of CR7.
Soatlarda sportchining ismi va «Manchester Yunayted», «Real Madrid», «Yuventus» hamda Portugaliya terma jamoasidagi doimiy raqami 7 ni ifodalovchi o‘z brendi — CR7 yozilgan.
Bir kun avval uning raqibi Messi o‘zining ilk parfyumini taqdim etgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter