Quvvati eng uzoq dosh beruvchi flagman-smartfon aniqlandi
iPhone 16 Pro Max zamonaviy flagmanlar orasida «eng quvvatli» smartfon ekanligi GSMArena o‘tkazgan testda tasdiqlandi.
Batareyasi to‘liq quvvatlantirilgan iPhone 16 Pro Max faol ishlatilganda 17 soat va 18 daqiqa dosh berdi yoki oldingi ajdodi — iPhone 15 Pro Max ga nisbatan 1 soatdan ko‘proq ishlab natijani yaxshiladi. 16 Pro Max akkumulyatori sig‘imi oshirilishi (4685 mAs) hamda protsessorining energiya samaradorligi yaxshilanishi evaziga shunday ko‘rsatkichga erishdi.
Raqib flagmanlar ancha ortda qolgan.
Masalan:
- Samsung Galaxy S24 Ultra — 13 soat va 49 daqiqa;
- Google Pixel 9 Pro XL — 12 soat va 32 daqiqa;
- Xiaomi 14 Ultra — 11 soat va 15 daqiqa.
Bundan tashqari, iPhone 16 Pro Max o‘yinlar va internetdan foydalanganda ham a’lo natija ko‘rsatdi, faqat so‘zlashuv rejimida Galaxy S24 Ultra yetakchilikni qo‘lga kiritdi, videolar tomosha qilishda esa hech bir flagman quvvati iPhone 15 Pro Max bilan tenglasha olmadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter