Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Putin nomidagi maxsus universitetga hujum qilindi

Putin nomidagi maxsus universitetga hujum qilindi

Chechenistondagi Rossiya maxsus kuchlari universitetiga dron hujumi sodir etildi. Bu haqda Ramzan Qodirov xabar qildi.

— Chechenistonga dronlar hujum qildi, — dedi viloyat rahbari Ramzan Qodirov. — Natijada Vladimir Putin nomidagi Rossiya maxsus kuchlari universiteti (Gudermes shahrida joylashgan)  binosining tom qismida yong‘in sodir bo‘ldi.

Qodirov hujumda qancha dron ishtirok etganiga aniqlik kiritmadi.

«Jabrlanganlar yo‘q, yong‘in o‘chirildi. Tergov organlari hodisa yuzasidan surishtiruv o‘tkazmoqda va jinoyat sodir etgan shaxslarni aniqlashga kirishdi. Universitet faoliyati to‘xtatilgani yo‘q, barcha xizmatlar odatdagidek ishlamoqda», — deya qo‘shimcha qildi Qodirov.

Rossiya maxsus kuchlari universiteti 2013 yil 1 avgustda Qodirov tashabbusi bilan tashkil etilgan. Bu Rossiyadagi maxsus kuchlar uchun kasbiy tayyorgarlikni ta’minlaydigan yagona xususiy ta’lim muassasasidir. Universitet 95 ta bino va inshootlardan iborat bo‘lib, Gudermesda 400 gektardan ortiq maydonni egallaydi.

Ukrainada urush boshlanganidan beri Rossiya hududlariga muntazam ravishda dronlar hujumi uyushtiriladi. Biroq bunday hodisa Checheniston uchun birinchisi bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring