Pokiston o‘zbekistonliklar uchun viza to‘lovlarini bekor qildi
Pokiston 126 davlat fuqarolari uchun elektron viza berish uchun yig‘imlarni bekor qildi.
Ro‘yxatga O‘zbekiston, shuningdek, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Rossiya va Belarus kiradi. AQSh, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Yevropa Ittifoqining barcha mamlakatlari va bir qator Yaqin Sharq mamlakatlari fuqarolari ham yig‘im to‘lashdan ozod qilingan.
Elektron vizaga ariza topshirish uchun yuqorida nomlari sanalgan davlatlar fuqarolari 24 soat ichida pasport fotosurati va nusxasini Pokiston IIV veb-saytiga taqdim etadilar. Viza 90 kun davomida amal qiladi.
Bundan tashqari, Pokiston Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn, Qatar, Quvayt va Ummon tadbirkorlari uchun viza talablarini butunlay bekor qildi. Ushbu harakat biznes va investitsiya faolligini rag‘batlantirishi kutilmoqda.
«Viza rejimini soddalashtirish mamlakatning iqtisodiy barqarorligiga hissa qo‘shadi. Ushbu harakat, shuningdek, Pokistonni turizm va investitsiyalar uchun jozibador joyga aylantiradi», – deydi mamlakat hukumati rahbari Shahboz Sharif.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter