«O‘zkomnazorat» 15-mayni o‘z xodimlariga «avtomobilsiz kun» deb belgiladi
Bugun, 15-may — jahon hamjamiyatida Xalqaro iqlim kuni.
Shu munosabat bilan hamda respublikadagi ekologik holatni yaxshilash, uni asrab avaylash va «Yashil makon» umummilliy loyihasi tashabbusiga o‘z hissasini qo‘shish maqsadida «O‘zkomnazorat» inspeksiyasida avtomobilsiz kun shiori ostida chellenj e’lon qilindi.
Mazkur chellenjda «O‘zkomnazorat» inspeksiyasi xodimlarining 15 may kuni ishga imkon qadar piyoda yoki velosiped, olis masofadan ishga qatnovchilar uchun esa jamoat transportlarida kelishi lozim hisoblanadi.
«Ushbu chellenj ishtirokchilari sonini yanada oshirish maqsadida har bir xodim o‘zi tomonidan bosib o‘tilgan masofa va piyoda yurib kelayotganligini aks ettirilgan foto, videolavhalar va materiallarni #Avtomobilsiz_kun xeshtegi va «O‘zkomnazorat»ning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini belgilagan holda e’lon qilishadi!
Chellenjda eng faol ishtirok etgan xodim va eng ko‘p masofa bosib o‘tgan va ekologiyani asrashga katta hissa qo‘shgan ishtirokchiga sovg‘alar taqdim etiladi! 15-may — «O‘zkomnazorat» inspeksiyasida avtomobilsiz kun!», deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter