O‘zbekistonga tijorat maqsadida kelishda turkmanistonliklar yaqqol yetakchi
Ctatistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-iyul oylarida jami 80,5 ming nafar chet el fuqarolari tijorat maqsadida O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan. Ularning yarmidan ko‘pini turkmanistonliklar tashkil etmoqda.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 51,4 ming nafarga yoki 2,8 barobarga oshgan.
Joriy yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston Respublikasiga tijorat maqsadida kelgan chet el fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha:
Turkmaniston – 48 186 nafar;
Tojikiston – 25 729 nafar;
Afg‘oniston – 1 866 nafar;
Xitoy – 822 nafar;
Hindiston – 648 nafar;
Turkiya – 615 nafar;
Qirg‘iz Respublikasi – 465 nafar;
Janubiy Koreya – 400 nafar;
AQSh – 261 nafar;
Rossiya – 215 nafar;
boshqa davlatlar – 1 309 nafar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter